O‘zbekistonda Xalqlar do‘stligi universiteti ochilgani aytilmoqda
Oliy taʼlim vazirligi tarmoqda tarqalgan xabarlarga izoh berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Xalqlar do‘stligi universiteti nomi ostida 2023/2024-o‘quv yili qabuli davom etayotganligi to‘g‘risida eʼlonlar tarqalmoqda.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi ushbu xabar hech qanday asosga ega emasligini bildirib, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini feyk (yolg‘on, asossiz) xabarlarga ishonmaslikka chaqirdi.
Qayd etilishicha, “Xalqlar do‘stligi universiteti” oliy taʼlim xizmatlarini ko‘rsatish uchun tasdiqlangan litsenziyaga ega emas hamda litsenziya olish uchun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga “Litsenziya” axborot tizimi orqali belgilangan tartibda biron marotaba ham ariza bilan murojaat qilmagan.







