“Dunyo go‘zali-2023” tanlovi g‘olibi aniqlandi
Mazkur nominatsiya chexiyalik qizga nasib qildi.

9-mart kuni Hindiston 28 yillik tanaffusdan so‘ng 71-chi “Dunyo go‘zali” tanloviga mezbonlik qildi. Unda 115 mamlakatdan kelgan ishtirokchilar orzu qilingan tojni qo‘lga kiritish uchun o‘zaro bellashdi.
Tanlov natijalariga ko‘ra, chexiyalik 24 yoshli Kristina Pishkova “Dunyo go‘zali-2023” g‘olibi bo‘ldi.
Hozirda Pragadagi Charlz universitetida huquqshunoslik bo‘yicha tahsil olayotgan Kristina Tanzaniyadagi Sonta jamg‘armasida ko‘ngilli sifatida ishlab, kam taʼminlangan bolalarga ingliz tilidan dars beradi. U, shuningdek, musiqaga ham qiziqadi va bu bo‘yicha sanʼat akademiyasida to‘qqiz yil mahoratini oshirgan.







