Ertaga O‘zbekiston delegatsiyasi Tojikistonga boradi
Tashrif davomida ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshiriqlariga asosan joriy yilning 11-12 mart kunlari O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi Tojikistonga tashrif buyuradi.
Tashrif dasturidan ikki mamlakat Bosh vazirlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazish hamda boshqa tadbirlar o‘rin olgan.







