Yerga Everest kattaligida kometa yaqinlashmoqda
Uni ko‘z bilan ko‘rish mumkinligi aytilmoqda.

Bir necha haftalarda Yerga Everest kattaligidagi kometa yaqinlashadi. U sayyora atrofida 70 yilda bir marta paydo bo‘ladi.
Pons-Bruks kometasi kriovulkanlar sinfiga kiradi. Isitish paytida uning ichidagi bosim ortib ketganda chang, gaz va muz parchalari emissiyasi paydo bo‘ladi. Ushbu otilishlardan biridan keyin kometa atrofida shoxlarga o‘xshash tuman paydo bo‘ldi, shuning uchun obyekt "Iblis kometasi" laqabini olgan.
Kometa yadrosining diametri 20 km ga baholanmoqda. U 21 aprel kuni Quyoshga eng yaqin nuqtasiga yetib boradi.
Olimlarning taʼkidlashicha, yaqin haftalarda kometa yorqinligi oshadi. U Andromeda yulduz turkumidan Baliqlar burjiga o‘tadi. Bunda u yorqin yulduzlar yonidan o‘tib, muayyan sanalarni aniqlashni osonlashtiradi. Shunday qilib, 31 mart kuni kometa Hamal yorqin yulduzidan 0,5 daraja uzoqlikda bo‘ladi.
Astrofiziklarning fikriga ko‘ra, qulay sharoitlarda (tuman va yorqin oy nuri yo‘q) kometani oddiy ko‘z bilan ko‘rish mumkin, ammo uni durbin yoki teleskop bilan kuzatish yaxshiroqdir. Shimoliy yarim sharning aholisi yaxshiroq ko‘rinishga ega bo‘ladi.







