O'zbekiston

Vyetnam bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik kengaytiriladi

Tanzila Narbayeva Nyu-Yorkda Vyetnam Sotsialistik Respublikasi vitse-prezidenti bilan uchrashdi.

Vyetnam bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik kengaytiriladi

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Nyu-York shahrida BMT Ayollar holati bo‘yicha komissiyasining 68-sessiyasi maydonida Vyetnam Sotsialistik Respublikasi vitse-prezidenti Vo Txi An Suan bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 

Ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikning amaliy jihatlari muhokama qilindi.

 

Vo Txi An Suan Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning navbatdagi sammiti doirasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan bo‘lib o‘tgan samarali suhbatni hamda 2022-yil oktabr oyida Toshkentda qisqa muddatli tashrif bilan bo‘lganini iliqlik bilan esladi.

 

 

Uchrashuv chog‘ida parlamentlararo munosabatlarni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish, taʼlimga oid va boshqa qo‘shma gumanitar dasturlarni amalga oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

 

Uchrashuv yakunida Vo Txi An Suan Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan Osiyo ayollar forumida ishtirok etishga taklif etildi.

Tadbirkorlardan startapchilargacha: O‘zLiDeP elektoratini kengaytirmoqchi

Tadbirkorlardan startapchilargacha: O‘zLiDeP elektoratini kengaytirmoqchi

Partiya elektoratini kengaytirish jamiyatning turli qatlamlari manfaatlarini siyosiy maydonda ifoda etish bilan izohlandi.

Toshkentda xalqaro turizm forumi boshlandi

Toshkentda xalqaro turizm forumi boshlandi

Ilk bor o’tkazilayotgan ushbu tadbirda O’zbekistondagi mehmonxona biznesi, kurort va rekreatsiya infratuzilmasi sohasidagi istiqbolli loyihalar, shuningdek, investorlarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash imkoniyatlari taqdim etiladi.

198 davlat orasida e’tirof: O‘zbekiston sayohat uchun eng xavfsiz mamlakatlar qatorida

198 davlat orasida e’tirof: O‘zbekiston sayohat uchun eng xavfsiz mamlakatlar qatorida

2026-yilgi Global Peace Index natijalarida ham O‘zbekiston dunyoning tinch mamlakatlari qatorida qayd etilgan.

Noqonuniy “Umra” tashkilotchilari: fuqarolardan 9 ming 450 dollar olingan

Noqonuniy “Umra” tashkilotchilari: fuqarolardan 9 ming 450 dollar olingan

Toshkent va Samarqand viloyatlarida ikki noqonuniy holat aniqlandi.

Berkinmachoq o‘yinidagi fojia: 5-qavatdan tushgan bolaning ahvoli ma’lum qilindi

Berkinmachoq o‘yinidagi fojia: 5-qavatdan tushgan bolaning ahvoli ma’lum qilindi

Bola 22-noyabr kuni berkinmachoq o‘ynayotib, uyning chordog‘idan pastga tushib ketgan.

O‘zbekiston Birinchi xonimi Iordaniyadagi “Uyqudagi yetti yosh g‘ori” tarixiy majmuasiga tashrif buyurdi

O‘zbekiston Birinchi xonimi Iordaniyadagi “Uyqudagi yetti yosh g‘ori” tarixiy majmuasiga tashrif buyurdi

Ushbu maskan Iordaniyada eng e’zozlanadigan tarixiy-diniy yodgorliklardan biri hisoblanib, islom ma’naviy merosida alohida o‘rin tutadi.

Ohangaronda mudhish YTH: uch kishi halok bo‘ldi

Ohangaronda mudhish YTH: uch kishi halok bo‘ldi

Haydovchi rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘l chetidagi daraxtga urilgan.

Iordaniya bilan iqtisodiy sheriklik: beshta sohada hamkorlik kengaytiriladi

Iordaniya bilan iqtisodiy sheriklik: beshta sohada hamkorlik kengaytiriladi

O‘zbekiston Prezidenti va Iordaniya Podshohi ikki mamlakat biznes forumida ishtirok etdi.