7 yoshli “chaqaloq”, bolalar ro‘yxatida rasmi bor erkak, surati boru siyrati yo‘q bolalar...

Maktabgacha taʼlim agentligi axborot xizmati rahbarining maʼlum qilishicha, bog‘chaga kelmagan bolalar davomatini turli usullar orqali soxtalashtirishga urinayotgan “ishbilarmon” tadbirkorlar kirdikorlari fosh etilmoqda.

7 yoshli “chaqaloq”, bolalar ro‘yxatida rasmi bor erkak, surati boru siyrati yo‘q bolalar...

Mamlakatimizda tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Qabul qilinayotgan qonun hujjatlarida ularning huquqlari kafolatlanib, imtiyozlar, yengilliklar taqdim etib borilmoqda. Berilgan imkoniyatlardan samarali foydalanib faoliyatini kengaytirayotgan, yangi ish o‘rinlari yaratayotgan tadbirkorlarning soni kundan kunga ko‘paymoqda.

 

Respublikamizda davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari (bog‘cha) faoliyat yuritib kelayotgani va ularni qo‘llab-quvvatlash uchun davlatimiz tomonidan subsidiyalar ajratilayotgani to‘g‘risida ko‘pchilik biladi yoki eshitgan.

 

Albatta, buning natijasida oxirgi yillar davomida nodavlat maktabgacha taʼlim sektori keskin oshdi, bolalar qamrovi 27 foizdan bugungi 74 foizgacha ko‘tarildi, minglab ish o‘rinlar yaratildi.

 

Biroq, xalqimiz “guruch kurmaksiz bo‘lmaydi” deb aytganidek, bunday keng imkoniyatlardan foydalanib, ayrim tadbirkorlar o‘zining foydasini noqonuniy oshirish maqsadida soxtakorlik harakatlarni amalga oshirmoqda.

 

Xo‘sh, bular qanday soxtakorlik bilan shug‘ullanyapti?

 

Gap shundaki, 2022 yilning 1 sentyabrdan boshlab maktabgacha taʼlim sohasida inson omilisiz, avtomatlashtirilgan axborot tizimi joriy etilib, u orqali tarbiyalanuvchilarning davomati har kuni elektron qayd etilmoqda va shu maʼlumotlar asosida subsidiyalar avtomatik hisob-kitob qilinib, to‘lanib kelinmoqda.

 

Bunda, ayrim “ishbilarmon” tadbirkorlar esa bola manfaatidan o‘z manfaatini ustun qo‘yib, jajji go‘daklar hisobiga boyishni maqsad qilib, bolalarning bog‘chaga kelmaganda, ularning davomatini turli usullar orqali soxtalashtirishga urinmoqda.

 

Bu usullarga eʼtibor bersangiz, odamzodning fantaziyasi naqadar cheksizligiga hayratda qolasiz:

 

1-holat: bog‘chaga kelmagan bitta bolani o‘rniga boshqa bolani rasmini axborot tizimiga kiritib, davomatni qayd etish:

  

Sirdaryo viloyati Boyovut tumani yakka tartibdagi tadbirkor U.M. tomonidan ochilgan oilaviy bog‘chadagi 2020 yilda tug‘ilgan tarbiyalanuvchi Y.M. (qiz bola)

 

Ko‘rish mumkinki, axborot tizimida qiz bolaning FIOsi ko‘rsatilgan bo‘lib, haqiqatda o‘g‘il bolaning fotosurati kiritilgan va davomat qilingan.

 

Sirdaryo viloyati Boyovut tumani yakka tartibdagi tadbirkor O.B. tomonidan ochilgan oilaviy bog‘chadagi 2017 yilda tug‘ilgan tarbiyalanuvchi O.H.

 

Axborot tizimida 2017 yilda tug‘ilgan (6-7 yoshli) bolaning FIOsi ko‘rsatilgan bo‘lib, 3 yoshga to‘lmagan go‘dakning fotosurati kiritilgan va davomat qilingan.

 

2-holat: bog‘chaga kelmagan bitta bolani o‘rniga yoshi katta odamni davomatni qayd etish.

 

Surxondaryo viloyati Uzun tumani yakka tartibdagi tadbirkor S.T.  tomonidan ochilgan oilaviy bog‘chadagi 2019 yilda tug‘ilgan tarbiyalanuvchi G.Q. (qiz bola)

   

Surxondaryo viloyati Uzun tumani yakka tartibdagi tadbirkor N.M. tomonidan ochilgan oilaviy bog‘chadagi 2019 yilda tug‘ilgan tarbiyalanuvchi Z.Sh.

  

Axborot tizimida 4-5 yashar bolalarning FIOsi ko‘rsatilgan bo‘lib, haqiqatda uning o‘rniga yoshi katta erkaklarning fotosurati kiritilgan va davomat qilingan.

 

3-holat: bog‘chaga kelmagan bolani uning fotosurati orqali (qog‘ozda yoki smartfonda va kompyuterda) davomatni qayd etish.

 

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani yakka tartibdagi tadbirkor X.A. tomonidan ochilgan oilaviy bog‘chadagi 2019 yilda tug‘ilgan tarbiyalanuvchi N.M.

 

Qashqadaryo viloyati Kitob tumani yakka tartibdagi tadbirkor Yu.Sh. tomonidan ochilgan oilaviy bog‘chadagi 2020 yilda tug‘ilgan tarbiyalanuvchi B.F.

  

Misollarda: 4-5 yashar bolalar bog‘cha kelmagan kunda, ularning qog‘ozdagi va smartfondagi fotosurati orqali (haqiqatga bog‘chaga kelgan bolaning yuzi oldiga fotosurat qo‘yilib) davomat qilishga uringan.

 

4-holat: bog‘chaga kelmagan bolaning fotosuratini qog‘ozda qirqib olib, davomatni qayd etish.

 

Surxondaryo viloyati Denov tumani yakka tartibdagi tadbirkor X.Sh. tomonidan ochilgan oilaviy bog‘chadagi 2019 yilda tug‘ilgan tarbiyalanuvchi Z.I.

 

Samarqand viloyati Urgut tumani yakka tartibdagi tadbirkor I.R. tomonidan ochilgan oilaviy bog‘chadagi 2019 yilda tug‘ilgan tarbiyalanuvchi M.U.

    

Bola bog‘cha kelmagan kunda, uning qog‘ozdagi fotosurati orqali davomat qilishga uringan.

 

5-holat: davlat bog‘chasi tarbiyalanuvchilarini avtomashinada nodavlat bog‘chaga olib borib, shu bog‘chada davomatdan o‘tkazish.

 

Namangan viloyati Pop tumani yakka tartibdagi tadbirkorlar G‘.G. va Yu.U tomonidan ochilgan oilaviy bog‘chadagi davomat qayd etilishi

 

Tekshiruv Namangan viloyati Pop tumanidagi davlat bog‘chasi tarbiyalanuvchilari yakka tartibdagi tadbirkorlarga tegishli oilaviy bog‘chalarga Damas avtomashinasida olib borilib, davomatdan o‘tkazilgan.

 

6-holat: davlat bog‘chasi tarbiyalanuvchisini, ushbu davlat bog‘chasida turib, nodavlat bog‘chaning nomidan davomatni qayd etish.

 

Jizzax viloyati Paxtakor tumanida yakka tartibdagi tadbirkorlar T.Sh. va B.Sh. tomonidan ochilgan oilaviy bog‘chadagi davomat qayd etilishi

  

Misolda: Jizzax viloyati Paxtakor tumanidagi davlat bog‘chasi tarbiyalanuvchilari yakka tartibdagi tadbirkorlarga tegishli oilaviy bog‘chalar hisobiga davomatdan o‘tkazilgan.

 

7-holat: bitta bolani bir nechta bolalar o‘rniga davomatni qayd etish.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahri yakka tartibdagi tadbirkor Y.R. tomonidan ochilgan oilaviy bog‘chadagi 2019 yilda tug‘ilgan tarbiyalanuvchi T.B.

  

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahri yakka tartibdagi tadbirkor T.B. tomonidan ochilgan oilaviy bog‘chadagi 2020 yilda tug‘ilgan tarbiyalanuvchi N.A.

 

Ikkita tadbirkorga tegishli oilaviy bog‘chalarda bitta bolani ikkita tarbiyalanuvchi (FIOsi boshqa) o‘rniga davomati qayd etilgan.

 

Respublikamizda 25 ming atrofida nodavlat bog‘chalar faoliyat yuritib kelmoqda. Ularning davomat maʼlumotlari axborot tizimidagi sunʼiy intellekt yordamida doimiy tahlil qilinib, bir mingtadan ortiq bog‘chalar yuqorida ko‘rsatilgan noqonuniy usullardan foydalanib, davomat qilganligi Maktabgacha taʼlim agentligi tomonidan aniqlangan.

 

Ushbu aniqlangan holatlar tegishli tartibda rasmiylashtirildi hamda Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 2 avgustdagi 426-son qarori talablaridan kelib chiqib, ushbu bog‘chalarga subsidiya to‘lovlari uch oyga to‘xtatildi. Shuningdek, ushbu tadbirkorlarga nisbatan qonuniy chora ko‘rish uchun maʼlumotlar tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etib kelinmoqda.

 

Biz to‘g‘ri ishlayotgan, ish o‘rni yaratayotgan, ilg‘or innovatsion taʼlim texnologiyalarni joriy qilib, tarbiyalanuvchilarga taʼlim-tarbiya berayotgan halol tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlaymiz. Halollik yo‘li bilan olingan daromad albatta xayrli bo‘ladi.

 

Fursatdan foydalanib, maktabgacha taʼlim sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga noqonuniy usullarni qo‘llab, soxta davomat yuritmasligingizni takroran so‘raymiz.

 

Maʼlumotlarning soxtaligi albatta fosh bo‘lishi va jazo muqarrarligini unutmang!

custom img

O‘zbekistonda 10 dan ortiq narkojinoyatlar bo‘yicha jazo choralari og‘irlashtiriladi

Narkolaboratoriya tashkil etish, narkotiklarning noqonuniy muomalasiga rahnamolik qilish, bangixona tashkil qilish uchun alohida javobgarlik belgilanmoqda.

custom img

Rossiyada “Tolibon”ni tanqid qilganlik uchun birinchi marta jarima tayinlandi

19 yoshli yigit tomonidan qoldirilgan izoh sud tomonidan millatlararo adovatni qo‘zg‘atish sifatida baholangan.

custom img

Toshkentda Chirchiq daryosi qirg‘og‘ining bir qismi o‘pirildi

Hodisa oqibatida yaqin atrofdagi bino va inshootlar, boshqa obyektlar hamda aholi xonadonlariga zarar yetmagan.

custom img

O‘zbekiston va Jazoir siyosiy hamda iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi

Xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik, Qo‘shilmaslik harakati, BMT va boshqa ko‘p tomonlama platformalarda o‘zaro qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

custom img

Samarqand va Namanganda profilaktika inspektorlari pora bilan ushlandi

Bir inspektor sobiq IIB xodimini ishga tiklashni va’da qilgan, boshqa biri esa fuqaroga nisbatan arizani ko‘rib chiqmagan va noqonuniy faoliyatiga ko‘maklashmoqchi bo‘lgan.

custom img

O‘zbekistonda bolalarga transport vositasini boshqarishga berganlarga javobgarlik kuchaytiriladi

Voyaga yetmagan shaxslarning transport vositasini boshqarishi oqibatida yo‘llarda o‘lim va og‘ir jarohatlar bilan bog‘liq hodisalar kuzatilayotgani qayd etildi.

custom img

Yangilangan FIFA reytingida O‘zbekiston nechanchi o'rinda?

"Oq bo‘rilar" mundial oldidan o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvlaridagi mag‘lubiyatidan so‘ng FIFA reytingida 6,47 ochko yo‘qotgandi.

custom img

“Do‘stlik” chegara postida valyutani poyabzali ichiga yashirgan shaxs aniqlandi

Boshqa bir yo‘lovchi ham 771 ming rublini bojxona nazoratidan yashirincha olib chiqmoqchi bo‘lgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"