Salomatlik

Diareya bolalar o‘limiga sabab bo‘lmoqda

JSST kasallik bo‘yicha yangi hisobotni eʼlon qildi.

Diareya bolalar o‘limiga sabab bo‘lmoqda

 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti diareya kasalligi bo‘yicha yangi hisobotini eʼlon qildi. Unda qayd etilishicha, xalq orasida ichburug‘ deb ataluvchi bu dard besh yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasidagi o‘lim holatlarining ikkinchi asosiy omilidir.

 

Ushbu xastalik har yili dunyo bo‘yicha 525 ming nafar o‘g‘il-qizning hayotdan ko‘z yumishiga sabab bo‘lmoqda. Tahillarga ko‘ra, diareya aksariyat hollarda ifloslangan oziq-ovqat va suv isteʼmoli oqibatida yuzaga keladi va rivojlanadi.

 

Bu boradagi vaziyat, afsuski, hamon xavotirli. Chunki Yer yuzida qariyb 780 million kishi toza ichimlik suvidan, 2,5 milliard odam esa oddiy sanitariya-gigiyena vositalaridan foydalanish imkoniyatidan mahrum.

 

Ayniqsa, kam daromadli mamlakatlarda ahvol yomon. Bunday mintaqalarda uch yoshgacha bo‘lgan bolalar yiliga o‘rtacha uch marta o‘tkir diareya bilan og‘rishi hisob-kitob qilingan. Negaki, to‘yib ovqatlanmagan yoki immuniteti zaif kichkintoylar o‘rtasida ichburug‘ga chalinish xavfi yuqori.

 

Mutaxassislar ilgari diareya bilan bog‘liq o‘lim holatlariga asosan organizmning suvsizlanishi va suyuqlik yo‘qotishi sabab bo‘ladi, degan fikrda edi. Ammo endi xulosalar o‘zgargan.

 

Boisi, ayni paytda diareya bilan bog‘liq o‘lim holatlari ortishida septik bakterial infeksiyalarning ulushi yuqori. Shu tufayli ichburug‘ning tarqalish statistikasi rivojlangan davlatlarda ham bir qadar oshgan.

 

Kasallik chog‘ida organizmga tushgan baʼzi bakteriyalardan ajralgan toksinlar qonga so‘rilib, butun tanani zaharlaydi. Oqibatda 2 soatdan 2 kungacha bo‘lgan inkubatsion davrda diareyaning ilk belgilari namoyon bo‘ladi.

 

Holsizlik, ko‘ngil aynishi, qusish, ichning suyuq yoki qon aralash ketishi, tana harorati ko‘tarilishi, qorin og‘rishi, dam bo‘lishi kabi simptomlar shular jumlasidan.

 

Agar o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatilmasa, u ichaklarning buralib qolishi, parez, yaʼni falajlik, infeksion-toksik shok, neyrotoksikoz kabi og‘ir asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin.

 

Shundan kelib chiqib, JSST o‘z hisobotida toza ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash, sanitariya-gigiyena talablariga amal qilish orqali kasallik xavfini kamaytirish mumkinligini eslatib o‘tadi.

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.