Siyosat

Sport turlarini ommalashtirish rejalari taqdimot qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev yurtimizda og‘ir atletikani hamda mahallalarda futbol infratuzilmasini rivojlantirishga oid taqdimot bilan tanishdi.

Sport turlarini ommalashtirish rejalari taqdimot qilindi

 

Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, yoshlarning vaqtini mazmunli o‘tkazishda sport katta o‘rin egallaydi. “Besh tashabbus” olimpiadasi, respublika chempionatlari doirasida u keng ko‘lam kasb etmoqda. Shu bilan birga, olimpiya sport turlarini rivojlantirib, mahoratli sportchilarni tayyorlashga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda.

 

Xususan, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida og‘ir atletika bo‘yicha barcha yosh toifasidagi sportchilar bilan individual ishlash tizimini yaratish hamda ularni professional darajada tayyorlash uchun Og‘ir atletika markazi tashkil etish vazifasi belgilangan.

 

Ushbu markaz Sport vazirligi huzurida Chirchiq shahrida tashkil etiladi. U ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasi bo‘lib, 7-11-sinf bolalarga saboq beriladi. Ular ilg‘or usullar asosida terma jamoalarga asosiy nomzod sifatida tayyorlanadi. Markaz 2025/2026 o‘quv yilidan faoliyat boshlashi ko‘zda tutilgan.

 

Shuningdek, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashining homiyligida Og‘ir atletika sport klubi tashkil etiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Namangan, Toshkent va Samarqand viloyatida hududiy maktablar ochiladi.

 

Umuman, bu yo‘nalishni rivojlantirish maqsadida uch yillik dastur ishlab chiqildi. Unda yoshlarning og‘ir atletikaga qiziqishini oshirish, hududlarda sportchilar uchun yetarli sharoitlar yaratish, seleksiya jarayonlarini raqamlashtirish, malakali xorijiy mutaxassislarni jalb etib, ilg‘or tajribalarni o‘zlashtirish kabi vazifalar qamrab olingan.

 

Og‘ir atletikani ommalashtirish maqsadida 3 bosqichli musobaqalar, Markaziy Osiyo va “Uzbekistan Open” ochiq chempionatlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.

 

Yurtimizda eng ommaviy sport turi bu futbol. Shu bois mahallalarda futbol infratuzilmasini rivojlantirish va tarmog‘ini kengaytirish maqsad qilingan.

 

Buning uchun mahallalarda mavjud stadionlar va boshqa sport maydonchalaridan samarali foydalaniladi. Ular yo‘q joylarda davlat-xususiy sheriklik asosida shunday inshootlar barpo etiladi. Erkaklar va ayollarning turli yosh toifalari o‘rtasida mahalla terma jamoalari tuziladi. Iqtidorli yoshlar aniqlanib, professional futbol muassasalariga yo‘naltiriladi.

 

Bu borada mahalladagi yoshlar yetakchilariga O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining hududiy bo‘linmalari va sport maktablari ko‘maklashadi.

 

Shuningdek, joriy yildan boshlab, Angliya maktablari futbol assotsiatsiyasi tajribasi asosida, 8-11-sinf o‘quvchilari orasidan maktab futbol yetakchisi tanlab olinadi. 12-15 yoshlilar o‘rtasida ikki bosqichli “Mahalla ligasi” hamda 16-30 yosh toifalari orasida uch bosqichli Davlat xavfsizlik xizmati kubogi musobaqalarini o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi.

 

Bular mahallalardan boshlab futbol infratuzilmasini rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni tanlash va qo‘llab-quvvatlash, milliy terma jamoalar uchun sifatli zaxira shakllantirishga xizmat qiladi.

 

Davlatimiz rahbari bu takliflarni maʼqullab, yoshlar o‘rtasida sport va do‘stlik muhitini mustahkamlash, musobaqalarni yuqori tashkiliy darajada o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.