Salomatlik

Har yili transyog‘lar minglab o‘limga sabab bo‘lmoqda

JSST transyog‘larning zararli taʼsiridan ogohlantirdi.

Har yili transyog‘lar minglab o‘limga sabab bo‘lmoqda

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining maʼlumotiga ko‘ra, so‘nggi yillarda transyog‘lardan foydalanish sezilarli darajada oshgan.

 

Chunki ular odatda organizm uchun foydali yog‘larga qaraganda arzonroq va qator kimyoviy va fizik xususiyatlarga ega. Masalan, xona haroratida qattiq holatda saqlanib qoladi, shu sabab ularni turli xil qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlariga qo‘shish qulay.

 

Eslatib o‘tamiz, transyog‘lar sanoat yoki tabiiy to‘yinmagan yog‘li kislotalardir. Sanoatda ishlab chiqarilgan ushbu mahsulot margarin, o‘simlik yog‘lari, qovurilgan taom va pishiriqlar, xususan, krakerlar, pechenye va piroglarda mavjud. Tabiiy transyog‘lar kavsh qaytaruvchi hayvonlar (masalan, sigir, qo‘y, echki) go‘shti va ulardan olinadigan sut mahsulotlarida bo‘ladi. Sanoatdagi va tabiiy transyog‘larning ikkisi ham birdek zararli.

 

JSSTning yangi hisobotida aytilishicha, dunyo bo‘ylab besh milliard odam ushbu yog‘larning zararli taʼsiridan himoyalanmagan bo‘lib, bu yurak xastaliklari va o‘lim xavfini oshiradi. Har yili sanoatda ishlab chiqarilgan transyog‘lar dunyo bo‘ylab 278 mingdan ortiq o‘limga sabab bo‘lmoqda.

 

JSST mazkur turdagi yog‘larni taqiqlash yoki uni kunlik energiya miqdorining 1 foizigacha kamaytirishni tavsiya qiladi. Yaʼni, kunlik ratsionda 2000 kaloriya bo‘lsa, transyog‘lar 2,2 grammga to‘g‘ri kelishi lozim. Ularni salomatlik uchun foydali yog‘lar bilan almashtirish mumkin.

 

Ilg‘or tajribaga asoslanib, JSST davlatlar uchun ikkita variantni tavsiya qiladi:

 

1) barcha oziq-ovqat mahsulotlarida sanoatda ishlab chiqarilgan transyog‘lar umumiy yog‘ miqdorining 100 gr uchun 2 gr dan ko‘p bo‘lmagan majburiy umummilliy cheklovni joriy etish;

 

2) transyog‘larning asosiy manbalaridan biri bo‘lgan qisman gidrogenlangan moylar ishlab chiqarish yoki ularni har qanday oziq-ovqat mahsulotida ishlatishni majburiy umummilliy taqiqlashni joriy etish.

 

Qator mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, majburiy cheklovlar ixtiyoriy cheklovlardan farqli o‘laroq, oziq-ovqat mahsulotlaridagi transyog‘lar miqdorini va ularni aholi tomonidan isteʼmol qilishni kamaytirishda ancha samarali.

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Har yili transyog‘lar minglab o‘limga sabab bo‘lmoqda | Zamon.uz