Oliy taʼlimda qizlar ko‘pmi yoki yigitlar?
Bu bo‘yicha raqamlar ochiqlandi.

Hozirda O‘zbekiston OTMlarning bakalavr bosqichida jami 1 mln 314 ming 411 nafar, magistraturada esa 24 ming 266 nafar talaba tahsil olyapti.
Ikkala taʼlim bosqichida ham qizlar son jihatdan ko‘p —bakalavrda 50,48%, magistraturada 60,05%.
Shuningdek, 30 yoshdan kichik talabalar soni 1 mln 153 ming 666 nafar, 30 yoshdan katta talabalar esa 188 ming 670 nafarni tashkil qilmoqda.







