Salomatlik

O‘RVI xavfini kamaytirish usuli topildi

Amerikalik olimlar bu bo‘yicha tadqiqot o‘tkazdi.

O‘RVI xavfini kamaytirish usuli topildi

Mavsumiy xastaliklar, xususan, gripp, O‘RVI avj olgan pallalarda xonalarni tez-tez shamollatib turish tavsiya etiladi. Bu — viruslar ko‘payishiga qarshi sinovdan o‘tgan samarali usul.

 

Ammo har ishda bo‘lgani singari ushbu profilaktik chorani qo‘llashda ham meʼyor muhim. Yaʼni yopiq bino va inshootlar, yashash xonalari hamda ish kabinetlari keragidan ortiq shamollatilsa, havo namligi kamayib, respirator viruslar tarqalishi osonlashishi aniqlandi.

 

AQSHning “PNAS” yetakchi ilmiy jurnalida eʼlon qilingan tadqiqot natijalari ayni shu masalaga bag‘ishlandi.

 

Mualliflar xulosasiga ko‘ra, vodorod peroksidi suv mikrotomchilarida mustaqil ravishda paydo bo‘la oladi. Ushbu modda nafas olish, aksirish, yo‘talish chog‘ida bemorlardan havoga ajraladigan suyuqlik tarkibidagi virusni yo‘q qilish xususiyatiga ega.

 

Tadqiqot davomida havo namligi 15 foizdan 50 foizgacha bo‘lgan yopiq muhitda vodorod peroksidi konsentratsiyasi 3,5 baravar oshishi qayd etildi. 50-95 foiz oralig‘idagi ko‘rsatkichda esa bu modda deyarli doimiy mavjud bo‘ladi.

 

Olimlar mazkur xulosani yana bir eslatma bilan boyitdi: namlik darajasi past bo‘lganda, virus quruq holatda havoda uzoq vaqt saqlanadi. Bu esa uning bemorlarga yuqish xavfini oshiradi.

 

Shu bois uy ichidagi nisbiy namlik darajasi 40 foizdan 60 foizgacha bo‘lishini taʼminlash viruslardan himoyalanishning samarali usuli sifatida tavsiya etiladi.

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

O‘RVI xavfini kamaytirish usuli topildi | Zamon.uz