Salomatlik

Dunyoning 43,1 foiz aholisi nevrologik kasalliklardan aziyat chekmoqda

Bunda erkaklar ulushi ayollarga nisbatan sezilarli darajada yuqori.

Dunyoning 43,1 foiz aholisi nevrologik kasalliklardan aziyat chekmoqda

Nevrologik kasalliklar — nogironlikni keltirib chiqaruvchi eng asosiy omillardan biri. Qolaversa, bunday xastaliklar erta o‘limga olib keluvchi sabablar orasida yetakchi o‘rinlarda.

 

Britaniyada chop etiladigan "Lancet Neurology" tibbiyot jurnalida eʼlon qilingan maqola ayni shu mavzuda. Undan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ishtirokida 1990 yildan 2021 yilgacha o‘tkazilgan keng ko‘lamli tadqiqot natijalari joy olgan.

 

Qayd etilishicha, dunyoda 3,4 milliard kishi, boshqacha aytganda, Yer yuzi aholisining 43,1 foizi nevrologik kasalliklardan aziyat chekmoqda. Bu borada insult, neonatal ensefalopatiya, migren, demans, diabetik neyropatiya, meningit, epilepsiya, autizm kabi xastaliklar ulushi yuqori.

 

Tadqiqot davomida o‘rganilgan bunday kasalliklar soni 37 ta. Yakuniy hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu patologiyalar asoratlari 1990 yildan 2021 yilgacha 11,1 million kishining o‘limiga sabab bo‘lgan.

 

Xastaliklar taqsimoti yosh toifasiga qarab farqlanadi. Masalan, 20 yoshdan 59 yoshgacha bo‘lgan bemorlar o‘rtasida insult, migren va diabetik neyropatiya tashxislari yuqori o‘rinni egallaydi. 60-79 yoshlilar orasida esa insult, alsgeymer, demans, diabetik neyropatiya bilan xastalanganlar soni ko‘p.

 

Olimlarning taʼkidlashicha, asab tizimi buzilishlari oqibatida mehnat qobiliyatini yo‘qotganlar safida erkaklar ulushi ayollarga nisbatan sezilarli darajada yuqori.

 

Nevorologik xastaliklardan eng ko‘p aziyat chekkan mintaqalar ro‘yxatida G‘arbiy va Markaziy Afrika davlatlari peshqadam. Eng past statistika Avstraliya, Okeaniya va Osiyo-Tinch okeani mintaqasida joylashgan yuqori daromadli mamlakatlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

 

Tabiiyki, mutaxassislar bunday ko‘rsatkichlardan jiddiy xavotirda. Xususan, JSST rahbari Tedros Gebreyesus ushbu tadqiqot hukumatlar uchun diagnostika, davolash va reabilitatsiya xizmatlari sifati hamda ko‘lamini oshirish bo‘yicha kuchli chaqiriq bo‘lishi kerakligini taʼkidladi.

custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"