Lifestyle

Ozoda Nursaidovaning “Ko‘k jiguli” qo‘shig‘i dunyo rekordini o‘rnatdi

Bu natija Markaziy Osiyoda ilk marta qayd etilgan.

Ozoda Nursaidovaning “Ko‘k jiguli” qo‘shig‘i dunyo rekordini o‘rnatdi

Avvalroq xonandaning ushbu nomdagi taronasiga ishlangan klip YouTube platformasida ikkinchi o‘rinni egallagandi.

 

Qo‘shiqchining o‘z instagram sahifasida maʼlum qilishicha, klip oylik reytingda birinchi o‘ringa ko‘tarilgan. bungacha u 7 martdan beri kunlik reytingda ham yetakchilik qilayotgandi.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, bu ko‘rsatkich Markaziy Osiyo davlatlarida ilk marta qayd etilgan. MDH davlatlari orasida ham bunday natija anchadan beri kuzatilmagan.

 

Ozoda Nursaidova xushxabar bilan bo‘lishar ekan, muxlislariga o‘zining minnatdorchiligini bildirgan.

 

”Bularning hammasi sizlarning yutug‘ingiz. Siz bo‘lmasangiz, biz hech nima qilolmaymiz. Layklar va prosmotrlar uchun kattakon rahmat”, deydi xonanda.