Toshkentda havoni ifloslantirgan somsaxona jarimaga tortildi
Bu haqda poytaxt Ekologiya boshqarmasi xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda somsaxonalar havo sifati ifloslanishiga hissa qo‘shayotgani bo‘yicha xabarlar tarqalgan. Holat Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi davlat inspektorlari tomonidan nazoratga olinib, o‘rganish ishlari olib borildi.
Unga ko‘ra, ushbu holat Chilonzor tumani 3-mavze, 53-sonli aholi yashash xonadonlari oldida yuzaga kelgani aniqlandi.
Huquqbuzarlik sodir etgan fuqaroga nisbatan Chilonzor tumani ekologiya bo‘limi davlat inspektori tomonidan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 95-moddasiga asosan tabiiy muhitni tiklash, tabiiy zaxiralarni qayta hosil qilish va tabiiy muhitga zararli taʼsir ko‘rsatish oqibatlarini bartaraf etish choralarini ko‘rmaganligi uchun maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Qayd etilishicha, unga nisbatan jarima belgilangan.







