O'zbekiston

Toshkentda uy-joy ijara narxlari pasaymoqda

Arzon ijara narxlari Sergeli va Olmazor tumanlarida taklif etilgan.

Toshkentda uy-joy ijara narxlari pasaymoqda

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari 2024-yilning fevral oyida Toshkent shahrida taklif etilgan uy-joy ijara narxlarini tahlil qilishdi.

 

Toshkent shahrida ijara narxlari pasayishda davom etmoqda. 2024 yil fevral oyida poytaxtda o‘rtacha taʼmirlangan turkumdagi xonadonlar ijara narxlarida yanvar oyiga nisbatan o‘rtacha 0,34 foizga, to‘liq taʼmirlangan turkumdagi uy-joylar ijara narxlarida esa o‘rtacha 0.13 foizga tushish kuzatildi.

 

O‘rtacha taʼmirlangan uy-joy ijarasi. 2024 yil fevral oyida ushbu sinfdagi 1 xonali xonadonlar uchun taklif etilgan ijara narxlari o‘tgan yanvar oyiga nisbatan o‘rtacha 0.3 foizga pasayib, 394 AQSH dollarini tashkil etgan bo‘lsa, 2 xonali xonadonlar ijara narxlari esa 0,2 foizga arzonlab, o‘rtacha 441 AQSH dollarigacha tushdi. Shuningdek, o‘rtacha taʼmirlangan 3 va 4 xonali uylar ijara narxlari 0.4 foizga pasayib, o‘rtacha narxlar mos ravishda 514 va 594 AQSH dollarini tashkil etdi.

 

O‘rtacha taʼmirlangan turkumdagi uylar uchun nisbatan arzon ijara narxlari Sergeli (1 xonali - 358 AQSH dollari, 2 xonali - 393 AQSH dollari, 3 xonali - 435 AQSH dollari, 4 xonali - 450 AQSH dollari), Olmazor (1 xonali - 357 AQSH dollari, 2 xonali - 415, 3 xonali - $455, 4 xonali - $490) tumanlarida taklif etilgan bo‘lsa, ushbu turkumdagi eng qimmat ijara narxlari Yakkasaroy (1 xonali - $420, 2 xonali - $488, 3 xonali - $657, 4 xonali - $738) va Mirobod (1 xonali - $467, 2 xonali - $520, 3 xonali - $620, 4 xonali - $832) tumanlarida kuzatildi.

 

Maʼlumot uchun: 2023 yil noyabr oyidan 2024 yil fevral oyigacha bo‘lgan davrda o‘rtacha taʼmirlangan 1 va 2 xonali uylar uchun o‘rtacha ijara narxlari mos ravishda 1,8% ($401 dan $394ga) va 2,4%ga ($452 dan $441ga) tushgan.

 

To‘liq taʼmirlangan uylar ijara narxlari. Fevral oyida to‘liq taʼmirlangan 1 xonali uylar uchun o‘rtacha ijara narxlari $475 ni tashkil etib, o‘tgan yanvar oyiga nisbatan 0.3 foizga tushgan bo‘lsa, 2 xonali uylar uchun ushbu ko‘rsatkichlar mos ravishda $651 va 0.6 foizni tashkil etgan. Shuningdek, 3 xonali uylar uchun taklif etilgan o‘rtacha ijara narxlarida ($790) ham biroz (0,1%) tushish kuzatildi. Lekin, to‘liq taʼmirlangan 4 xonali uylar o‘rtacha ijara narxlari 0.4 foiz oshib, $919 gacha ko‘tarilgan.

 

To‘liq taʼmirlangan turkumdagi uylar uchun eng arzon ijara narxlari Sergeli (1 xonali - $393, 2 xonali - $462, 3 xonali - $560, 4 xonali - $761) va Uchtepa (1 xonali - $401, 2 xonali - $498, 3 xonali - $617, 4 xonali - $850) tumanlarida hamda ushbu turkumdagi eng qimmat ijara narxlari Shayxontohur (1 xonali - $555, 2 xonali - $848, 3 xonali - $1057, 4 xonali - $1028) va Mirobod (1 xonali - $570, 2 xonali - $861, 3 xonali - $1024, 4 xonali - $1128) tumanlarida kuzatildi.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Toshkentda uy-joy ijara narxlari pasaymoqda | Zamon.uz