Andijon — Xonobod yo‘nalishiga poyezd qo‘yildi
Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ maʼlum qildi.

Bugun, 20-mart kunidan boshlab «Andijon — Xonobod — Andijon» yo‘nalishidagi shaharlararo yo‘lovchi poyezdi harakati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ matbuot xizmati maʼlum qildi.
Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
- 6385-sonli «Andijon - Xonobod» yo‘nalishi
Andijon 10:30 — Xonobod 12:43
- 6386-sonli «Xonobod — Andijon» yo‘nalishi
Xonobod 14:15 — Andijon 16:30







