Qamchiqda yomg‘ir sabab ko‘chki sodir bo‘ldi
Voqea joyiga ikkita qutqaruv texnikasi yuborilgan.

Bugun, 21-mart kuni soat 06:10 larda A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining 228-kilometrida dara bo‘ylab suvga qo‘shilib taxminan 300 m3 loy-tosh aralashmasi oqib kelib avtomobil yo‘liga chiqdi.
Voqea joyiga zudlik bilan avariya-qutqaruv texnikasi va qutqaruvchilar chiqib harakat xavfsizligi taʼminlangan.
Yuzaga kelgan holat 2 ta texnika va 6 nafar ishchi-xodimlari tomonidan bartaraf etilmoqda.







