O'zbekiston

Boshqalarning kartasidan pul yechib olgan firibgar ushlandi

Ayni damda holat yuzasidan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Boshqalarning kartasidan pul yechib olgan firibgar ushlandi

 

Buxoroda ijtimoiy tarmoq orqali turli ko’rinishdagi soxta havolalar orqali o’zgalarning kartasidan pul yechib olgan shaxs ushlandi. Ma’lum qilinishicha, Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida yashovchi 31 yoshli B.F. ichki ishlar organlariga bank kartasidan 909 ming so‘m mablag‘ o‘g‘irlangani haqida murojaat qilgan.

 

O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Buxoro viloyati Kogon tumanida yashovchi 24 yoshli Q.U. sodir etgani aniqlangan. Shundan so’ng, Q.U. gumonlanuvchi sifatida tergovga jalb etilgan. So’roq qilinganda u internet foydalanuvchilariga Telegram orqali turli xil mazmunidagi xabar jo‘natib, ularning ishonchiga kirib, bank karta ma’lumotlarini qo‘lga kiritish orqali pullarni o‘g‘irlab kelgani aniqlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan JKning 169-moddasi 3-qismi “b” bandi (o‘g‘rilik qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) axborot tizimiga kirib yoki undan foydalanib) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"