Qumqo‘rg‘onda aholi uylarini suv bosdi
Fuqarolar sel sabab qarindoshlarininikiga ko‘chirilgan.

Surxondaryo viloyati hokimligiga ko‘ra, kecha tunda Qumqo‘rg‘on tumani Azlarsoy va Elobod mahallasidagi jami 100 dan ortiq aholi yashash xonadonlarini suv bosgan. 360 dan ortiq aholi xavfsiz hududlardagi qarindoshlarinikiga vaqtincha ko‘chirilgan.
Hududdan kesib o‘tuvchi temir yo‘lning 400 metr qismini sel suvlari yuvib o‘tgan.
Har ikkala holatda ham tabiiy ofatdan jabrlanganlar yo‘q. Xizmatlar yuzaga kelgan talafotlarni bartaraf etish, aholiga yordam ko‘rsatish ishlarini amalga oshirmoqda.







