Sayyorada semiz odamlar soni milliarddan oshdi
JSST buning asosiy sababini maʼlum qildi.

So‘nggi tadqiqotlarga ko‘ra, sayyoradagi har sakkizinchi odam, yaʼni 1 milliard odam bugungi kunda semizlikdan aziyat chekmoqda.
990 yildan buyon semirib ketganlar soni 4 baravarga, 226 milliondan 2022 yilda 1 038 millionga oshgan. Ulardan 504 millioni ayollar (o‘sish 18,5 foiz), 374 millioni erkaklar (14 foizga o‘sgan).
Muammo bolalar va o‘smirlarga ham taʼsir qildi. Bu boradagi ko‘rsatkich 1990 yilda 31 milliondan 2022 yilda 159 milliongacha, yaʼni besh baravarga oshgan. Tana vaznining haddan tashqari oshishi yurak-qon tomir kasalliklari, saraton, shuningdek qandli diabet xavfining keskin oshiradi.
Olimlarning fikricha, global semirish epidemiyasining asosiy sababi noto‘g‘ri ovqatlanishdir. Shu munosabat bilan JSST shakarli ichimliklarga soliq joriy etish, “nosog‘lom” oziq-ovqat mahsulotlarini sotishni cheklash va sog‘lom oziq-ovqat uchun subsidiyalarni oshirishni taklif qilmoqda. JSST semirishning oldini olish uchun bolalikdan muntazam ovqatlanish va jismoniy faoliyat bilan shug‘ullanishni ham tavsiya etadi.







