Olimlarning Mars haqida orzulari chippakka chiqdi
Qizil sayyora odam uzoq vaqt yasholmasligi maʼlum bo‘ldi.

NASA allaqachon Marsga bir nechta robotlarni yuborgan va endi u yerga yaqin o‘n yil ichida odamlarni ham olib borishni rejalashtirmoqda. Qizil sayyorani o‘rganish bizga Yerning o‘tmishi va kelajagini yaxshiroq tushunishga yordam beradi.
O‘tgan yili AQSH, Rossiya va Germaniya olimlari Marsdagi hayotning odamlarga taʼsirini baholashga harakat qilishdi. Ularni radiatsiyadan himoya qilish mumkinmi va agar shunday bo‘lsa, missiyani jo‘natish uchun eng yaxshi vaqt qachon degan savol qiziqtirdi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, odamlar Marsda uzoq vaqt qololmaydilar. To‘rt yil ichida radiatsiya darajasi xavfsiz standartlardan oshadi.
Kosmik kema sayyoraga va orqaga qaytish yo‘lida himoyani taʼminlashi kerak, ammo juda qalin kema materiallari ham saqlamaydi, faqat radiatsiyani kuchaytiradi.
Olimlarning aniqlik kiritishicha, Marsga uchish uchun eng yaxshi vaqt quyosh faolligi eng yuqori cho‘qqisiga chiqqan payt hisoblanadi. U eng xavfli zarralarni qaytaradi, astronavtlarni qisman himoya qiladi.







