Toshkentda 3 ta mashina avariyaga uchradi
Holat kecha tunda sodir bo‘lgan.

Toshkent shahrining Shayxontoxur tumanida 3 ta avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda shahar IIBB YHXB xabar bermoqda.
Holat kecha, 23-mart kuni soat 22:30 larda Shayxontoxur tumani Furqat ko‘chasida yuz bergan. Unda Nexia-3, Lacetti va Nexia-2 o‘zaro to‘qnashib ketgan.
YTH oqibatida Nexia-2 avtomashina yo‘lovchisi tan jarohat olgan, shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.







