Toshkentda avtobus yo‘lovchini bosib ketdi
Shundan so‘ng u operatsiya qilingan.

Toshkentda avtobusdan tushayotgan ayolning oyog‘ini avtobus bosib ketdi. Bu haqda xabar bermoqda “Millar” informatsion dasturida xabar berildi.
30-35 yoshlar atrofidagi ayol avtobusdan tushayotganida qoqilib ketgan. Oqibatda uning oyog‘ini avtobus bosib ketgan. Zudlik bilan shifoxonaga olib borilgan ayol ikki soat davomida jarrohlik operatsiyasini boshdan kechirgan.
“Bemor tez yordam mashinasida shok palatasiga olib kelindi. Avtobusdan tushayotganida o‘zining ehtiyotsizligi oqibatida avtobus oyog‘ini bosib olgan", deydi shifokor.
Tekshiruvlar natijasida oyoqning yirtilgan, ezilganligi aniqlangan. Shifokorlar to‘qimalar hayotga nomutanosib bo‘lgani sababli ayolning oyog‘ini son qismidan kesib tashlashga majbur bo‘lgan.







