Toshkentda metrolar kechikmoqda
Rasmiylar tarmoqda tarqalgan xabarlarga izoh berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda "Metropolitenning Chilonzor yo‘nalishida poyezdlar harakati kechikmoqda" mazmunidagi xabarlar tarqalmoqda.
Rasmiy xabarga ko‘ra, Toshkent metropolitenining Sergeli uchastkasida metro yo‘lining ustki qismida metal konstruksiya o‘rnatish ishlari bo‘lib o‘tmoqda. Shu boisdan ham yo‘lovchilar va harakat xavfsizligi taʼminlash maqsadida ushbu uchastkadagi poyezdlar harakati soat 23:00 dan 00:00 ga qadar bir tomonlama (chelnok) tashkil etilmoqda.
"Keltirilgan noqulaylik yuzasidan yo‘lovchilardan uzr so‘raymiz", deyiladi munosabatda.







