Toshkentda 6 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Voqea tafsilotlari bo‘yicha Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi maʼlumot berdi.

Kecha, 24 mart kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanida 6 ta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Hodisa soat 21:10 larda Chilonzor tumani Bunyodkor shoh ko‘chasida sodir bo‘lgan. 2000 yilda tug‘ilgan Sh.T. boshqaruvidagi Matiz rusumli avtomashina, 1997 yilda tug‘ilgan I.R. boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtomashina, 1982 yilda tug‘ilgan M.I. boshqaruvidagi Epica rusumli avtomashina, 1994 yilda tug‘ilgan Sh.A. boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtomashina, 1997 yilda tug‘ilgan U.K. boshqaruvidagi Nexia-3 rusumli avtomashina, 1995 yilda tug‘ilgan M.P. boshqaruvidagi Nexia-2 rusumli avtomashina to‘qnashgan.
YTH oqibatida tan jarohat olganlar yo‘q. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.







