Sirdaryoda shamol “dom”ning tomini uchirib ketdi
Holat yuzasidan hokimlik maʼlumot berdi.

Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida kuchli shamol ko‘p qavatli uyning tomini uchirib yubordi. Holat yuzasidan viloyat hokimligi rasmiy maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, kuzatilgan kuchli shamol taʼsirida Oqoltin tumani "Yangi davr" mahallasi Yoshlar ko‘chasidagi 19-ko‘p qavatli uyning profnastil bilan qoplangan 10 kvadrat metr tom qismiga zarar yetkazgan. Voqea joyiga tuman hokimi, sektor rahbarlari va tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari zudlik bilan voqea joyiga yetib borishdi.
Sodir bo‘lgan holat oqibatida insonlarning tan jarohati olishi yoki boshqa noxush holatlar kuzatilmagan. Ayni paytda talafot oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.







