30-mart kuni “Chiqindisiz dunyo uchun!" ekoaksiyasi o‘tkaziladi
Ekoaksiya respublikamiz bo‘ylab hududlarning turli manzillarida bo‘lib o‘tadi.

Tabiatga befarq bo‘lmagan barcha yurtdoshlarimizni “Chiqindisiz dunyo uchun!” ommaviy plogging ekoaksiyasiga faol ishtirok etishga chaqiramiz!
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan “vorld Zero-Vaste day” munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri hamda viloyatlarda keng jamoatchilik bilan birgalikda “Chiqindisiz dunyo uchun!” ommaviy plogging ekoaksiyasi tashkil etiladi.
Tadbir O‘zbekiston bo‘ylab joriy yilning 30 mart (shanba) kuni soat 10:00da start oladi.
“Bir Vatanda, bir maqsadda — xalqaro chiqindisiz dunyo uchun!” Ushbu ekotadbirda Siz ham faol ishtirok eting! O‘zimiz va kelajak avlodga xizmat qiladigan Ona tabiatimiz tozaligi va obodligi uchun do‘stlaringiz, oilangiz bilan birgalikda safimizda bo‘ling!
Ekoaksiya respublikamiz bo‘ylab hududlarning quyidagi manzillarida o‘tkaziladi:
-
Toshkent viloyati — Toshkent dengizi sohili bo‘yida;
-
Toshkent shahri — Yakkasaroy tumani, Sharshara ko‘chasida;
-
Sirdaryo viloyati — Guliston shahri, “Yangi Hayot” MFY, Buyuk kelajak ko‘chasida;
-
Jizzax viloyati — Sharof Rashidov tumani, «Toqchilik» MFY va Uchtepa dahasini bog‘lovchi katta yo‘l yoqasida;
-
Samarqand viloyati — Samarqand shahri, «Hishrav» qo‘rg‘onida;
-
Navoiy viloyati — Navoiy shahri, “Kimyogar” MFY, Amir Temur ko‘chasida;
-
Buxoro viloyati — Buxoro shahri, “Somoniylar” istirohat bog‘ining eski qalʼa devori bilan tutash hududida;
-
Surxondaryo viloyati — Boysun tumanida;
-
Xorazm viloyati — Urganch shahri, “Amir Temur” istirohat bog‘ida;
-
Qashqadaryo viloyati — viloyat markazidagi “Alisher Navoiy” nomidagi istirohat bog‘i hududida;
-
Andijon viloyati — Andijon tumani, “Yangi Andijon” massivida;
-
Namangan viloyati — Turakurgon tumani, “Baxt” MFY hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lida;
-
Farg‘ona viloyati — Farg‘ona shahri, «Satkak» dam olish ziyoratgohida;
-
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahri, “Do‘stlik kanali” bo‘yi dam olish maskanida.







