Odamlar gavjum joylarda nazorat kuchaytirilmoqda
Milliy gvardiya xodimlari Ramazonda kuchaytirilgan tarzda xizmat olib bormoqda.

Endi odamlar gavjum joylar kuchaytirilgan rejimda qo‘riqlanadi.

Milliy gvardiya axborot xizmati boshlig‘ining xabar berishicha, Ramazon oyi munosabati bilan Toshkentdagi barcha masjidlarda taroveh namozlari o‘qilish vaqtida, shuningdek, ommaviy tadbir o‘tkaziladigan joylar, yirik savdo majmualari, bozorlar, kinoteatrlar, park va xiyobonlarda jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolar xavfsizligini taʼminlash maqsadida Milliy gvardiya va hamkor vazirlik xodimlari tomonidan kuchaytirilgan tarzda xizmat olib borilishi tashkillashtirilgan.










