Sambochi To‘ra Avloqulov o‘ldirib ketildi
Holat yuzasidan BP bayonot berdi.

Shahrisabz tumani prokuraturasi To‘ra Avloqulovning hayotiga suiqasd qilinganligi holati bilan bog‘liq jinoyat ishi yuzasidan maʼlumot berdi.
Aniqlanishicha, gumonlanuvchi shaxs o‘zaro janjal davomida temir quvurdan qo‘lbola usulda yasalgan qurol bilan T.Avloqulovning bosh qismiga qaratgan holda bir marta o‘q uzgan.
Jinoyat ishi doirasida gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan.
Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan zarur tibbiy yordamga qaramasdan jabrlanuvchi T.Avloqulov 31 mart kuni vafot etgan.







