Solixon domla qamaldi
U 2 ta modda bo‘yicha ayblangan.

Solixon domla nomi bilan tanilgan Solixon domla Ortiqxo‘jayev 15 sutkaga qamaldi.
Toshkent shahar sudining maʼlumot berishicha, Solixon Ortiqxo‘jayev Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 194-moddasi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir qilgan deb topilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yil boshida Toshkent viloyati Zangiota tumani “Fath” jome masjidida imom noibi vazifasida ishlab kelgan Solixon Ortiqxo‘jayev ishdan bo‘shatilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Solixon domla nomi bilan tanilgan ushbu imom noibining internet tarmoqlaridagi keskin chiqishlari fuqarolar, ayniqsa, Xorazm viloyatida istiqomat qiluvchilarning eʼtirozlariga sabab bo‘lgani qayd etilgan.







