Toshkentda tunda uchta avtomobil to‘qnashdi
Hodisa oqibatida jarohatlanganlar shifoxonaga yotqizilgan.

Toshkentning Chilonzor tumanida 31-mart kuni soat 22:45 larda ikkita Cobalt va Nexia-3 ishtirokida YTH yuz berdi.
Seul ko‘chasida 2002-yilda tug‘ilgan M.G. boshqaruvidagi Cobalt, 1994-yilda tug‘ilgan M.P. boshqaruvidagi Nexia-3 va 1982-yilda tug‘ilgan D.B. boshqaruvidagi Cobalt to‘qnashgan.
Oqibatda Cobalt haydovchisi M.G. va Nexia-3 haydovchisi M.P. tan jarohat olgani sababli shifoxonaga olib ketilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu avtomashinalarning yo‘l-transport hodisasidan keyingi holati aks etgan videolar tarqaldi.
Poytaxt IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining ma’lum qilishicha, ayni paytda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.







