Dahshatli YTH: Toshkentda 15 ta mashina avariyaga uchradi
Holat yuzasidan YHXB maʼlumot berdi.

Bugun, 4-apel kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanida 15 ta avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda shahar IIBB YHXB xabar berdi.
Holat soat 11:00 larda Yashnobod tumani Maxtumquli ko‘chasida yuz bergan. Unda Kamaz rusumli tirkamali yuk avtomashinasi hamda 14 ta yengil avtomashina (3 ta Cobalt, 2 ta BYD, 1 ta Tracker 2, 1 ta Spark, 1 ta Damas, 1 ta Nexia 2, 1 ta Nexia 3, 1ta Cherry, 3 ta Lacetti) o‘zaro to‘qnashib ketgan.
YTH oqibatida 2 nafar fuqaroga tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.







