O'zbekiston

Andijondagi YTHda 2 haydovchi halok bo'ldi

Voqea Cobalt haydovchisi quvib o‘tish qoidalarini buzib, yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishiga chiqqani oqibatida sodir bo'lgan.

Andijondagi YTHda 2 haydovchi halok bo'ldi

Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida uchta mashina ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasida ikki kishi halok bo‘lgan.

2024 yil 4 aprel kuni soat 15:30 larda A 373 Toshkent-O‘sh avtomobil yo‘lining Xo‘jaobod tumani hududidan o‘tgan qismida 22 yoshli haydovchi Cobalt bilan quvib o‘tish qoidasini buzib, yo‘lning qarama-qarshi tomoniga o‘tgan.


Natijada Cobalt o‘z yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan, 33 yoshli haydovchi boshqaruvida bo‘lgan Damas bilan to‘qnashgan. Damas haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan va o‘zi bilan bir yo‘nalishda yonma-yon kelayotgan, «Moskvich-412»ga borib urilgan.


Cobalt va Damas haydovchilari og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay ularning ikkisi ham vafot etgan.
Hozirda Xo‘jaobod tumani IIB Tergov bo‘linmasi xodimlari holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Andijondagi YTHda 2 haydovchi halok bo'ldi | Zamon.uz