Farg‘onada haydovchini YPX xodimlari olib ketdi
Holat yuzasidan rasmiylar izoh berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyatida YPX xodimi haydovchini majburan olib ketayotgan videosi tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIB rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, 30 mart kuni Farg‘ona shahar “Al-Farg‘oniy” ko‘chasida “Nexia 3” haydovchisi avtobus bekatida to‘xtab, yo‘l harakati qoidalarini buzib turganligi sababli YPX inspektori tomonidan qoidabuzarlik yuzasidan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirish vaqtida haydovchi uning qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan, tegishli hujjatlarini taqdim qilmagan va transport vositasini vaqtinchalik jarima maydoniga olib ketilishiga qarshilik qilgan.
Shundan so‘ng haydovchi YPX inspektorlari tomonidan Farg‘ona shahar IIBga olib borilgan va qoidabuzarligi yuzasidan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan qo‘shimcha o‘rganish ishlari olib borilmoqda







