Mashhur futbol klubi mushuk bilan shartnoma imzoladi
Unga bir juft maxsus futbolka taqdim etilgan.

Krasnoyarskning “Yenisey” futbol jamoasi adashgan mushuk Leva bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida maʼlum qildi.
“Levaning to‘rtta oyoqlari bor, bu unga ko‘proq gol urishga yordam beradi. Shuningdek, mushuk har doim klubga yaqin bo‘lishi uchun unga ikkita futbolka sovg‘a qilinadi”, - deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.
Jamoa rahbari bilan tuzilgan shartnomaga mushuk panjasi bilan imzo chekkan. Internetda mushukning jamoaga kutib olinishi aks etgan videolar joylashtirilib, u bilan tuzilgan hujjat ham ilova qilingan.
Keyinroq maʼlum bo‘lishicha, klub uysiz hayvonlarga g‘amxo‘rlik qilish maqsadida ushbu mushukni o‘z qaramog‘iga olgan.







