O'zbekiston

Qozog‘istondagi YTHda halok bo‘lganlar jasadi olib kelindi

Mahalliy hokimliklar va marhumlarning oila a'zolari tomonidan dafn marosimlarini o‘tkazish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Qozog‘istondagi YTHda halok bo‘lganlar jasadi olib kelindi

Qozog‘iston Respublikasi Aktobe oblasti Algin rayoni hududida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida vafot etgan O‘zbekiston fuqarolari vataniga qaytarildi. Bu haqda FVV maʼlum qildi.

 

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning topshiriqlariga asosan, Hukumat farmoyishi bilan Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari boshchiligida tashkil etilgan maxsus komissiya kecha, 4 aprel kuni Qozog‘iston Respublikasi Aktobe oblastiga yetib bordi.

 

Maxsus komissiya aʼzolari Qozog‘iston Respublikasining masʼul idoralari rahbarlari bilan uchrashib, belgilangan tashkiliy va amaliy tadbirlarni hamkorlikda olib borishdi. Shundan so‘ng O‘zbekiston Mudofaa vazirligining maxsus bortida yo‘l-transport hodisasi oqibatida vafot etgan fuqarolar Qozog‘iston Respublikasidan 5 aprel kuni soat 03:00 larda Surxondaryo viloyatidagi “Termiz” xalqaro aeroportiga olib kelindi.

 

Qozog‘iston Respublikasi masʼul idoralari yuzaga kelgan baxtsiz hodisa oqibatida vafot etganlarni  O‘zbekistonga olib kelinishida yaqindan ko‘maklashdilar.

 

Favqulodda vaziyatlar, Mudofaa, Ichki ishlar, Tashqi ishlar, Sog‘liqni saqlash va Transport vazirliklari hamkorligida 8 nafar vafot etgan fuqarolarning jasadlari yashash manzillariga yuborilgan.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Qozog‘istondagi YTHda halok bo‘lganlar jasadi olib kelindi | Zamon.uz