Lifestyle

Raʼno Shodiyeva va nihoyat saratonni yengdi

Aktrisa Turkiyada so‘nggi operatsiyasini o‘tkazdi.

Raʼno Shodiyeva va nihoyat saratonni yengdi

Besh yildan beri kimyoterapiya orqali davolanayotgan va orada bir necha marta operatsiyani boshdan kechirgan aktrisa Turkiyada so‘nggi jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi.

 

Shodiyeva operatsiyadan avval Instagramda bu haqda post qoldirgandi. Oradan bir kun o‘tib, u yana ko‘rinish berib, muxlislariga jarrohlik muvaffaqiyatli yakunlanganini maʼlum qildi.

 

Aktrisa bir kun ichida uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga millionlab xatlar kelganini aytib, unga sog‘liq tilab duo qilganlarga minnatdorchilik bildirdi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Raʼno Shodiyeva o‘z intervyusida jiggar saratoniga chalinib, 4 marta o‘limdan qolganini gapirib bergandi.

Raʼno Shodiyeva va nihoyat saratonni yengdi | Zamon.uz