Ozoda Nursaidova Jahongir Otajonov bilan sudlashmoqchi
Biroz avval Nursaidovaning singlisi ham Otajonovga qarshi keskin fikrlar bildirgandi.

Bir necha kun oldin Otajonov intervyularining birida Ozoda Nursaidova bilan Munisa Rizayeva haqida tanqidiy fikr bildirib, ularni “Artist” musiqiy tanlovida hakamlik qilishga noloyiq deb aytgandi.
"Yoshlarning mahoratini belgilash ular uchun emas. Pop yo‘nalishidan u yog‘iga o‘ta olmaydiganlar yaxshi ashula ayta oladigan bolani muhokama qilishyapti", degandi xonanda.
Jahongir Otajonovning so‘zlariga ko‘ra, ushbu video internetda tarqalgach, Ozoda Nursaidova u bilan shaxsan bog‘lanib, sudga berish bilan tahdid qilgan.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Ozoda Nursaidovaning singlisi Nilufar Nursaidova ham internetda chiqish qilib, Jahongir Otajonovning kirdikorlarini fosh qilishini aytgandi.







