Toshkentda metroda yana nosozlik kuzatildi
Rasmiylar keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘radi.

Bugun, 6-aprel kuni Toshkent metrosida yana nosozlik kuzatildi. Holat yuzasidan metropoliten rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilshicha, 17:40 lar atrofida Chilonzor yo‘lining “Chinor” bekatidan «Yangihayot» bekati tomon harakatlangan 8-sonli harakat tarkibining vagon eshiklarida nosozlik holati kuzatilgan.
Shu boisdan, belgilangan yo‘riqnomaga asosan, yo‘lovchilar va harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida poyezd «Yangihayot» bekatiga kelgach, yo‘lovchilar bekatga tushirilgan hamda harakat tarkibi tekshiruv yo‘lagiga yuborilgan.
"Hozirgi vaqtda yo‘nalishdagi poyezdlar belgilangan jadvalga asosan harakatlanmoqda. Keltirilgan noqulayliklar yuzasidan uzr so‘raymiz", deyiladi xabarda.







