Toshkentda Spark avariyaga uchrab, ag‘darilib ketdi
Oqibatda haydovchi jarohatlangan.

Bugun, 6 aprel kuni Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida ikkita avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda shahar IIBB YHXB xabar bermoqda.
Holat soat 15:20 larda Shayxontohxur tumani Furqat ko‘chasida yuz bergan. Unda 1999 yilda tug‘ilgan J. M. boshqaruvidagi Lacetti hamda 1997 yilda tug‘ilgan A. Q. boshqaruvidagi Spark o‘zaro to‘qnashib ketgan.
YTH oqibatida Spark rusumli avtomashina haydovchisi A. Q. ga tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.







