O'zbekiston

Ohangarondagi tug‘uruqxonada homilador ayol vafot etdi

Holat yuzasidan SSV rasmiy bayonot berdi.

Ohangarondagi tug‘uruqxonada homilador ayol vafot etdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Ohangaron shahrida homilador ayol qornidagi homilasi bilan vafot etgani haqida xabar tarqaldi. Holat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, 3 aprel kuni soat 02:45 da 1992 yil Ohangaron shahrida tug‘ilgan X.A. qorin va beldagi og‘riq bilan Ohangaron shahar tibbiyot birlashmasi tug‘uruq bo‘limiga “Homiladorlik 4, 39 hafta tug‘uruq 3. Tug‘uruqning 1 davri, latent fazasi. Semizlik 3 daraja” tashxisi bilan qabul qilingan. Bemor shifokorlar nazorati ostida bo‘lgan.

 

4 aprel kuni soat 14:10 da ayolning to‘satdan ahvoli og‘irlashib, havo yetishmasligi va yurak sohasida og‘riq bilan nafas olishi qiyinlashgan. Shundan so‘ng zudlik bilan reanimatolog ishtirokida bemorda zarur reanimatsion choralar amalga oshirilgan.

 

Biroq shunga qaramay, soat 14:35 da ayolda biologik o‘lim holati kuzatilgan.

 

Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasiga ko‘ra, bemorning o‘limiga yurak ishemik kasalligi, o‘tkir koronar yetishmovchiligi, yurak mushaklarining gipertrofiyasi va o‘tkir miokard infarkti sabab bo‘lgan.

 

Hozirda mazkur holat bo‘yicha huquq-tartibot idoralari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Yakuniy xulosalar bo‘yicha jamoatchilikka qo‘shimcha maʼlumot berilishi aytilgan.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Ohangarondagi tug‘uruqxonada homilador ayol vafot etdi | Zamon.uz