Lifestyle

Savodsiz odamlar uchun “aqlli qalam” yaratildi

U qaysi tillarni qo‘llab-quvvatlashi hozircha nomaʼlum.

Savodsiz odamlar uchun “aqlli qalam” yaratildi

Butunjahon savodxonlik jamg‘armasi savodsizlikka qarshi global miqyosda kurashishga mo‘ljallangan Literacy Pen nomli aqlli qalam moduli ishga tushirilishini eʼlon qildi.

 

YUNESKO maʼlumotlariga ko‘ra , savodsizlik muammosi butun dunyo bo‘ylab 773 millionga yaqin odamni qamrab oladi va bu ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga jiddiy to‘sqinlik qiladi. Savodxonlik qalami bu muammoni hal qilishi kerak. Bu o‘rnatilgan raqamli ekranda matnga aylantirish uchun nutqni aniqlash bilan jihozlangan portativ elektron qurilma.

 

Literacy Pen qaysi tillarni qo‘llab-quvvatlashi nomaʼlum. Bu konseptual qurilma, shuning uchun uning kelajakda sotuvga chiqarilishi yoki yo‘qligi ham aniq emas.

Savodsiz odamlar uchun “aqlli qalam” yaratildi | Zamon.uz