Ramazon hayiti arafasida 426 nafar shaxs afv etildi
Afv etilganlarning 11 nafarini chet el fuqarolari.

Prezident Farmoniga koʻra, afv etilgan shaxslarning 135 nafari asosiy jazodan toʻliq ozod etildi, 200 nafari jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi, 26 nafarining ozodlikdan mahrum etish jazosi yengilroq jazo bilan almashtirildi. Shuningdek, 65 nafar shaxslarga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartirildi.
Afv etilganlarning 11 nafarini chet el fuqarolari, 50 nafarini ayol, 13 nafarini 60 yoshdan oshgan erkaklar, 157 nafarini yoshlar (shulardan, 3 nafari voyaga yetmaganlar) hamda 5 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar tashkil etadi.







