Salomatlik

Xavfli kasallikka qarshi global tavsiyalar eʼlon qilindi

Ular nufuzli “The Lancet” tibbiy jurnalida chop etilgan.

Xavfli kasallikka qarshi global tavsiyalar eʼlon qilindi

2040 yilga borib, dunyoda prostata bezi saratoni bilan kasallanish ko‘rsatkichi 2 baravar, xastalikdan o‘lim statistikasi esa 85 foiz (yiliga qariyb 700 mingta)ga ko‘payishi mumkin. Ushbu o‘sish tendensiyasidan asosan past va o‘rta daromadli mamlakatlar aholisi aziyat chekishi taxmin qilinyapti.

 

Buyuk Britaniyaning nufuzli “The Lancet” tibbiy jurnalida eʼlon qilingan hisobot ayni shu mavzuga bag‘ishlandi. Undan bir guruh xalqaro tadqiqotchilarning tahlil va prognozlari bilan birga, prostata bezi saratoniga qarshi kurashish bo‘yicha global tavsiyalar ham o‘rin olgan.

 

Hisobotda qayd etilishicha, yuqori xavf guruhiga mansub odamlar o‘rtasida erta skrining qamrovini kengaytirish — eng samarali chora. Bunga erishish uchun ish va jamoat joylari, savdo markazlari hamda salomatlik yarmarkalarida ko‘chma laboratoriyalar orqali ixtiyoriy tibbiy test topshirishni yo‘lga qo‘yish taklif qilinmoqda.

 

Bu yo‘l bilan saratonni erta bosqichda aniqlash barobarida, uni samarali davolashga erishish mumkin. Mazkur jarayonda asosiy eʼtibor yosh erkaklarga qaratilishi maqsadga muvofiq.

 

Chunki prostata bezi saratoni sekinlik bilan rivojlanib, yaqqol belgilari kech bosqichda namoyon bo‘ladi. Biroq keksalarda uni davolash og‘ir asoratlarni keltirib chiqarishi va hatto o‘limga olib kelishi xavfi yuqori.

 

Shuningdek, hisobotda aholining xastalikka doir xabardorligini oshirish muhimligi keltirilgan. Bunda mobil ilovalar, ijtimoiy tarmoqlar va OAV imkoniyatlaridan keng foydalanish kutilgan natijalarni berishi, shubhasiz.

 

Bundan tashqari, kasallikka erta tashxis qo‘yish uchun diagnostika jarayoniga sunʼiy intellektni tatbiq etish ustida ishlash kerak. Qolaversa, past va o‘rta daromadli mamlakatlarda jarrohlar hamda radioterapiya uskunalari taqchilligini bartaraf etish eʼtibor markazida bo‘lishi zarur.

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.