Jahon

“Netanyaxuning qilayotgan ishi xato”

Bayden Isroil Bosh vazirini yana tanqid qildi.

“Netanyaxuning qilayotgan ishi xato”

AQSH prezidenti Jo Bayden yana Isroilni G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi. U Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning harakatlarini tanqid qildi.

 

U, shuningdek, Isroilning G‘azo sektorida yordam ko‘rsatuvchi xodimlarining hayotiga zomin bo‘lgan havo hujumini qoraladi.

 

Netanyaxuning qilayotgan ishi xato. Men uning yondashuviga qo‘shilmayman. Isroilliklarni keyingi olti-sakkiz hafta davomida sulh eʼlon qilishga va mamlakatga keladigan barcha oziq-ovqat va dori-darmonlarning to‘liq kirishini taʼminlashga chaqiraman”, degan Bayden Univision telekanaliga bergan intervyusida.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"