Toshkentda Lacetti avariyaga uchradi
YTH haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yuz bergan.

Kecha, 9 aprel kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida Lacetti ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Holat soat 22:50 larda Mirzo Ulug‘bek tumani Parkent ko‘chasida yuz bergan. Ikkinchi darajali yo‘lda 21 yoshli haydovchi Sh.F. Lacetti rusumli avtomashinasini boshqarib kelayotib rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘l inshootiga borib urilgan.
YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.







