Yuqori Chirchiqda giyohvand modda tashuvchi yigitlar ushlandi
Hozirda ularga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Toshkent viloyatida sintetik giyohvandlik vositalarini tarqatib kelgan shaxs qo‘lga tushdi. Bu haqda viloyat IIBB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Yuqori Chirchiq tumanida tungi xizmatga jalb qilingan Patrul-post xizmati xodimlari va hududiy profilaktika inspektori tomonidan Jumabozor hududida shubhali ko‘ringan 24 yoshli ikki nafar shaxs to‘xtatib tekshirilgan.
Natijada ushbu shaxslarning yonidan 28 dona qizil polietilen paketlarda qadoqlangan tarkibida faol giyohvand modda bo‘lgan (ekspertiza xulosasi) sintetik vositalar borligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirilib olingan.
O‘rganishlar davomida ular giyohvandlik vositalarni belgilangan joylarga yashirib, joylashuv manzilini mobil telefonlari orqali suratga olib buyurtmachiga yuborishlari maʼlum bo‘lgan.
Holat yuzasidan ushlangan shaxslarga nisbatan Yuqori Chirchiq tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan jinoyat kodeksining 273-modda 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan tergov harakatlari olib borilmoqda.







