Endi mahallalarga ham radarlar o‘rnatilmoqda
Tarmoqda tarqalgan videoga rasmiy izoh berildi.

Ijtimoiy tarmoqda Toshkentdagi mahallarga fotoradarlar o‘rnatilayotgani aytilgan video tarqalgandi. Holat yuzasidan shahar IIBB YHXB rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, mazkur intellektual kamera transport vositalari bilan bog‘liq bo‘lgan va boshqa turdagi jinoyatlarni issiq izidan fosh etish maqsadida poytaxtning ichki ko‘chalarida ham o‘rnatilmoqda.
“Ushbu intellektual kamera yo‘l harakati qoidalarini buzilish holatlarini qayd etmaydi”, deyiladi xabarda.







