Toshkentda 3 ta mashina avariyaga uchradi
Oqibatda barcha haydovchi tan jarohati olgan.

Kecha, 11 aprel kuni Toshkent shahrining Yangihayot tumanida uchta avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.
Holat soat 21.50 larda Yangihayot tumani Qo‘rg‘ontepa 1-tor ko‘chasida sodir bo‘lgan. Unda BESTUNE, COBALT va DAMAS rusumli avtomashinalar o‘zaro to‘qnashib ketgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
YTH natijasida 3 nafar haydovchilarga tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilib shifoxonaga olib ketilgan.







