O'zbekiston

Buxoroda 50 dan ortiq odam ovqatdan zaharlandi

Holat to‘y marosimida yuz bergan.

Buxoroda 50 dan ortiq odam ovqatdan zaharlandi

Buxoro viloyatida o‘tkazilgan to‘y marosimida 50 dan oshiq odam ovqatdan zaharlandi. Bu haqda viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, 12 aprel kuni soat 22:00 larda Buxoro tuman markaziy shifoxonasiga qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish va umumiy holsizlik bilan bemorlar murojaat qila boshlagan.

 

Anamnezda barcha bemorlar Buxoro tumanida joylashgan to‘yxonada ovqat isteʼmol qilish natijasida ushbu shikoyatlar kelib chiqqanini bildirishgan.

 

Zudlik bilan Buxoro tuman markaziy shifoxonasiga barcha vrachlar safarbar etilgan. Shuningdek, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan ham tegishli mutaxassislar jalb etildi va murojaat qilganlar to‘liq ko‘rikdan o‘tkazilgan.

 

Barcha bemorlarga “O‘tkir diareya, gastritik va gastroenteritik shakli, o‘rta og‘irlikda kechishi. Ovqatdan zaharlanish” tashxisi qo‘yilgan va tegishli infuzion terapiya boshlangan.

 

Buxoro tuman markaziy shifoxonasiga kech soat 03:00 ga qadar jami 16 nafar bemor (4 nafar bolalar, 12 nafar katta yoshdagilar) murojaat qilgan.

 

Bundan tashqari, Vobkent tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli markaziy shifoxonaga ham xuddi yuqoridagi shikoyatlar bilan jami 37 nafar bemor (9 nafar bola va 28 nafar kattalar) murojaat qilgan.

 

Ularga ham “O‘tkir diareya, gastritik va gastroenteritik shakli, o‘rta og‘irlikda kechishi. Ovqatdan zaharlanish” tashxisi qo‘yilib, yuqori malakali mutaxassislar tomonidan konsultatsiya o‘tkazilib, infuzion terapiya boshlangan.

 

13 aprel ertalab soat 09:00 holatida Buxoro tumanida davolanayotgan 11 nafar bemor va Vobkent tumanidan davolanayotgan 32 nafar bemorning ahvoli yaxshilanib, qoniqarli ahvolda uyiga javob berilgan.

custom img

Aktrisa Yodgora Ziyomuhamedova 74 yoshida vafot etdi

Aktrisa  34 yildan ortiq vaqt davomida O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatrida faoliyat yuritgan.

custom img

Yangi Toshkent aeroporti qurilishi munosabati bilan 7 ta qabriston ko‘chiriladi

Ularning 2 tasi Quyi Chirchiq, 5 tasi O‘rta Chirchiq tumanida joylashgan.

custom img

Davomatni sun’iy intellekt nazorat qiladi: Toshkentdagi 26 ta maktabda yangi tizim sinovdan o‘tkazilmoqda

Tizim smart kameralar va Face ID texnologiyasi orqali o‘quvchilarning darsdagi ishtirokini avtomatik qayd etadi.

custom img

Uy-joy va meros: yetim bolalar huquqi qanday himoya qilinadi?

Yangi qonun bilan vasiylik va homiylik to‘g‘risidagi qonunchilikka muhim o‘zgartishlar kiritilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva “O‘zbekfilm” kinostudiyasini rivojlantirish bo‘yicha rejalarini ma’lum qildi

Saida Mirziyoyeva Abu Ali ibn Sinoning bolaligi haqidagi tarixiy film suratga olinayotgan maydonda ham bo‘ldi.

custom img

Toshkentda MIB orqali bolalar onasiga qaytarildi

Shu tariqa sud hujjatida belgilangan talablar amalda bajarilib, ijro ishi yakunlangan.

custom img

Yangi Toshkentning ertangi kuni o‘zimizga bog‘liq — Saida Mirziyoyeva

Saida Mirziyoyeva Yangi Toshkentdagi qurilish jarayonlari bilan tanishib, tadbirkorlarni hududga sarmoya kiritish, qurilish va biznes loyihalarini yo‘lga qo‘yishga chaqirdi.

custom img

“Turkiy dunyo madaniyatiga qo‘shgan hissasi uchun”: Ozodbek Nazarbekov xalqaro mukofotga loyiq ko‘rildi

Taqdirlash marosimi 26-sentyabr kuni Turkiyaning Antaliya shahrida bo‘lib o‘tadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"